“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yoshlar siyosati masalalari sektori rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “Sharh.uz” xabar bermoqda.
Bahodir G‘aniyev “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi raisi lavozimida 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelgandi. Undan avval, 2009-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)