O‘zbekistonda 2016-yilda reklama qonunchiligini buzgan 66 mansabdor shaxsga nisbatan 41,9 million so‘m miqdoridagi jarima qo‘llanildi. Ushbu ma’lumotlar Davlat raqobat qo‘mitasining 2016-yil yakunlari bo‘yicha axborot xatida taqdim etildi, deb xabar bermoqda UZ24.
Qayd etilishicha, reklama qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 425 ta o‘rganish va kuzatuv o‘tkazilib, 236 holat bo‘yicha qonun buzilishi aniqlandi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 179 ta ko‘rsatma berildi.
O‘tgan hisobot davrida qo‘mitaga nohalol raqobat yuzasidan 64 murojaat kelib tushdi, shundan 19 tasi bo‘yicha raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan 24 ish qo‘zg‘atildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)