Bag‘dod markazida 24-yanvar kuni portlovchi moddalar to‘ldirilgan avtomobilning portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, portlash shaharning an-Nahda tumanida yuz bergan.
Iroqda mamlakatning bir qismini IShID jangarilari egallab olgani munosabati bilan, keskin vaziyat saqlanib qolmoqda.
Jangarilar tomonidan uyushtirilayotgan teraktlar va hujumlar oqibatida, odatda, tinch aholi vakillari qurbon bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)