Ekvatorial Gvineya bu yil neft eksportchilari davlatlari tashkiloti — OPEK safiga kirish niyatida ekanligini mamlakat konlar va uglevodorodlar vaziri Mbeg Obiang ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS” .
“Biz Ekvatorial Gvineya manfaatlari OPEKning tarmoq uchun xizmat qilishga intilishiga to‘liq mos kelishiga ishonamiz”, — deya ta’kidladi vazir.
Qabul qilingan taqdirda Ekvatorial Gvineya OPEKning 14-a’zosi, Afrikaning esa bu tuzilmaga kirgan oltinchi davlati bo‘ladi. Ekvatorial Gvineya neft ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Afrikada Angola va Nigeriyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)