AQSh prezidenti Donald Tramp oilaviy biznesni boshqarishni o‘g‘illari kichik Donald va Erikka topshirdi. Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser jurnalistlar uchun ilk brifingida buni tasdiqladi, deya ma’lum qildi “TASS”.
U o‘zi va’da qilganidek lavozimini egallashidan avval kompaniyadan ketdi. Bu narsa amalga oshishi uchun barcha harakatlarni amalga oshirdi. Endi kompaniyaga rahbarlik to‘liq Don va Erikning qo‘lida.Ma’lumot uchun, inauguratsiyadan bir kun avval Tramp 400 dan ortiq kompaniyalardagi barcha lavozimlaridan ketishini e’lon qildi. Trump Organization buni tasdiqlovchi hujjat nusxasini CNN telekompaniyasiga taqdim etdi.Shon Spayser, Oq uy matbuot kotibi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)