Amirlik yig‘inida bo‘lib turgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Daniya U23 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Dubaydagi The Sevens arenasida o‘tdi. Samvel Babayan boshchilik qiladigan jamoa o‘z odatiga ko‘ra ko‘k rangli libosda harakat qildi, biroq bu holat g‘alaba uchun kamlik qildi. Ikkinchi bo‘limga kelib hisob Jamshid Iskanderov tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, bellashuv yakuniga 10 daqiqa vaqt qolganida yevropalik futbolchilar 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, FIFA kunlari emasligi sabab Samvel Babayan Amirlik yig‘iniga legioner futbolchilarni jalb qila olmagandi. Shuningdek, Server Jeparov va Temurxo‘ja Abduxoliqov xorij klublari bilan shartnoma imzolagani uchun BAA yig‘iniga tashrif buyura olmadi.
23-yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
O‘rtoqlik o‘yini Dubay, BAA 22-yanvar, yakshanba
O‘zbekiston — Daniya U23 1:2
Gol: Jamshid Iskanderov.O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Shuhrat Muhammadiyev, Vladimir Kozak, Rustam Ashurmatov, Aleksandr Merzlyakov, Salomat Qutiboyev, Akbar Ismatullayev, Doston Hamdamov, Sardor Mirzayev, Jaloliddin Masharipov, Shohruz Norxonov.
Izoh (0)