Futbol bo‘yicha Guam chempionati doirasida o‘tkazilgan o‘yin vaqtida “NAPA Rovers” jamoasi a’zosi Eshton Sarber yaxshi ko‘rgani qizining qo‘lini so‘radi.
Futbolchi gol urgach, jamoa muxlislari joylashgan sektorga yaqinlashdi va futbolkasni yechib, tiz cho‘kkan holda, ichki kiyimidagi “Menga turmushga chiqasanmi?” yozuvi orqali sevgan qizining qo‘lini so‘radi.
Qiz Sarberning taklifini qabul qildi, hakam esa futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi — o‘yin vaqtida libosini yechgani uchun.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)