Parijda kongolik sayyohdan 800 gramm olmos musodara qilindi. Bu haqda 19-yanvar, payshanba kuni Yahoo ma’lum qildi.
Shaxsi oshkor etilmagan erkak ichki kiyimlarida yashirilgan qimmatbaho toshlar bilan Fransiya poytaxtidan Bryusselga poyezdda yetib olishga uringan. Olmoslar solingan paketchalar uning ishtoniga tikilgan edi.
Biroq u qo‘lga olingan va fransuz bojxona xizmati xodimlari tomonidan tintuvdan o‘tkazilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, musodara qilingan mulkning qiymati taxminan 300 ming yevroga teng.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)