Dunay daryosining Germaniyaning Fridingen shahriga yaqin joyidan muzlab qolgan tulki topildi. Bu haqda “Bigmir.net” xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, hayvon daryoning yaxshi muzlamagan joyiga oyoq qo‘yib suvga tushib ketgan va qaytib chiqa olmay, sovuqdan muzlab qolgan.
Voqea 9-yanvarda yuz bergan, deb taxmin qilinmoqda. Muzlab qolgan tulki voqea sodir bo‘lgan kundan 4 kun o‘tib topilgan.
Hayvonning muzlab qolgan tanasini suvdan chiqarib olish uchun elektr-arradan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)