AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va uning ayoli Melanya lavozimini tark etayotgan davlat rahbari bilan an’anaviy choyxo‘rlik qilish uchun Oq uyga yetib keldi. “RBK”ning yozishicha, Oq uy ostonasida uni Barak Obama turmush o‘rtog‘i Mishel bilan birga kutib olgan.
Oq uyga kirish joyida AQShning yangi va lavozimini tark etayotgan davlat rahbarlari birgalikda suratga tushdi. Trampning ayoli Melanya ko‘k qog‘ozga o‘ralgan qandaydir sovg‘ani Mishel Obamaga topshirdi.
https://twitter.com/DaniellaMicaela/status/822455034990370816
CNN’ning xabar berishicha, Barak Obama Oq uyning Oval xonasida o‘z merosxo‘riga maktub qoldirgan. Jurnalistlar Obamaga murojaat qilib, Amerika xalqi uchun prezident sifatida so‘nggi so‘zini aytishni so‘radi. “Rahmat”, — dedi AQShning lavozimini tark etayotgan rahbari.
Donald Trampning rasmiy inauguratsiyasi bugun, 20-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)