AQSh qurolli kuchlari aviazarbasi natijasida “Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri o‘ldirildi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 17-yanvar, seshanba kuni AQSh aviatsiyasi Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatiga bergan zarbasi tufayli asli tunislik bo‘lgan Muhammad Habib Bussadun al-Tunisiy yo‘q qilindi.
Al-Tunisiy terrorchilik tashkilotining “tashqi operatsiyalari” uchun javob bergani va G‘arb davlatlaridagi harbiy obyektlarga uyushtirilgan ayrim hujumlarga aloqador bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)