AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bugun, 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyadan keyin darhol Kongressning roziligi talab etilmaydigan bir qator ijro farmonlarini imzolamoqchi. Bu haqda Trampning yordamchilariga tayanib, Reuters xabar berdi, deb yozadi “Kommersant”.
Saylangan prezidentning matbuot kotibi Shon Spayserning aytishicha, Donald Tramp “nafaqat birinchi kunni, balki ikkinchi, uchinchi kunlarni ham kun tartibidagi real o‘zgarishlarni qabul qilishga bag‘ishlaydi”.
Xabarlarga ko‘ra, Oq uydagi birinchi kuni Amerikaning yangi prezidenti Meksika bilan chegarada devor qurish va immigratsiyani cheklash uchun ilk qadamlarni bosishga tayyor. Shuningdek, ish kuchining keksayish darajasini pasaytirish uchun xizmatchilarni ishga joylashtirishga federal moratoriy kiritilishi kutilmoqda.
Bugun nechta farmon tasdiqlanishi hozircha aniq emas. Bundan tashqari, Tramp Barak Obamaning ba’zi farmonlarini bekor qilish niyatida ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)