Lutfulla To‘rayev
So‘nggi mavsumini “Felda Yunayted” klubi safida o‘tkazgan va Malayziya vitse-chempioni bo‘lib ortga qaytgan o‘zbekistonlik Lutfulla To‘rayevga Sharqiy Osiyo havosi yoqib qolgan ko‘rinadi. “Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi faoliyatini Malayziyaning boshqa bir klubi “Terengganu” safida davom ettiradi.Ma’lumotga ko‘ra, To‘rayev yangi klubi safida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, gol urishga ham muvaffaq bo‘lgan. Bu holat “Terengganu” rahbariyatini qanoatlantirib, ular o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolagan.
Avvalroq Farhod Tojiyev “T-Tim” bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa, Dilshod Sharofutdinov shu klub bilan shartnomasini uzaytirgandi. Undan oldinroq esa Bobur Akbarov “Kuala Lumpur” futbol klubi bilan kelishuvga erishgandi.
Shavkat Salomov
Malayziyaning “T-Tim” klubi ko‘rigida bo‘lgan Shavkat Salomovga Sharqiy Osiyo yoqmaganmi yoki sharqiy osiyoliklar Salomovni yoqtirmaganmi aniq emas. Har xolda uning ayni vaqtda Malayziyada emas, Qozog‘istonda ekani aniq bo‘ldi.O‘zining so‘nggi mavsumini “Buxoro” klubida o‘tkazgan va mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Salomov “Futbol Ekspress”ning qayd etishicha, faoliyatini qo‘shni respublikada davom ettiradi. U ayni vaqtda “Atirau” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Shavkat Salomov uchun Qozog‘iston chempionati begona emas. U 2013-yilgi mavsum “Jetisu” safida to‘p surgan, keyingi bir yilini esa Qarag‘andaning “Shaxtyor” klubida o‘tkazgan.
“Lokomotiv”
Toshkentning “Lokomotiv” klubi safida avstraliyalik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin, deb yozdi “Championat.asia”. Uning kim ekaniga oydinlik kiritilmagan. Ma’lumki, jamoani avstraliyalik mutaxassis Mirko Yelichich boshqarib boradi.“Lokomotiv” hozirga qadar ikki nafar xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolab ulgurgan va ularning har ikkisi ham Kot-d’Ivuardan. Avstraliyalik futbolchi esa osiyolik legioner limitini to‘ldirishi mumkin. O‘tgan mavsum “temiryo‘lchilar” sharafini himoya qilgan turkmanistonlik Artur Gevorkyan va serbiyalik Nemanya Yanichich “Lokomotiv” bilan xayrlashib ulgurgan.
Eslatib o‘tish kerak, “Lokomotiv”ni Gevorkyandan tashqari yana uch nafar yetakchi futbolchi tark etdi. Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi safiga borib qo‘shilgan bo‘lsa, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedovni Qatarning “As-Sayliya” klubi o‘z safiga qo‘shib olgandi.
“Olmaliq”
Turkiyada yig‘in olib borayotgan “Olmaliq” futbol klubi Qozog‘istonning “Akjayik” jamoasiga imkoniyat qoldirmadi. O‘rtoqlik o‘yini o‘zining so‘nggi to‘rt mavsumini Qozog‘istonda o‘tkazgan mutaxassis Viktor Kumikov shogirdlarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.Uchrashuvdagi gollar Zabihillo O‘rinboyev, Alibobo Rahmatullayev va Dilshod Jo‘rayev kabi futbolchilar tomonidan kiritildi. Ularning bari o‘z vaqtida “Bunyodkor” safida to‘p surgan bo‘lib, Sergey Lushchanning talabiga javob bermagani uchun Toshkent klubini tark etgandi.
Бунёдкор уйнадими?)
— Маъмур/Mamur (@mamurjon) January 17, 2017
"Олмалиқ" - "Акжайик" (Қозоғистон) 3:0
Голлар: Забиҳилло Ўринбоев 19, Алибобо Раҳматуллаев 64, Дилшод Жўраев 69
Izoh (0)