“2016-yilning eng yaxshi og‘ir atletikachisi” sovrini uchun nomzodlarga ovoz berish boshlandi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF)ning rasmiy sayti xabar berdi.
Erkaklar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi og‘ir atletikachisi” nomiga Rio-2016 Olimpiadasi chempioni va rekordchisi o‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinovning ham nomzodi ko‘rsatilgan.
Nomzodlar orasida, shuningdek, Najot Rahimov (Qozog‘iston), Lasha Talaxadze (Gruziya), Kianush Rustamiy (Eron), Long Kingkuan (Xitoy), Oskar Alberto Figeroa Moskera (Kolumbiya) kabi atletlar ham bor.
Ovoz berish jarayoni IWF’ning rasmiy saytida olib borilmoqda. Ovoz berish jarayoni 31-yanvarda yakunlanadi.
Avvalroq, Olimpiada chempioni, Rio-2016 Olimpiadasining eng yaxshi bokschisi Hasanboy Do‘stmatov jahonning 2016-yildagi eng yaxshi bokschisi deb topilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)