Rossiyaning sobiq moliya vaziri, Strategik ishlanmalar markazi rahbari Aleksey Kudrin Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yengillashtirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Yevropa bilan bizda, aftidan, sanksiyalarni biroz yumshatish bo‘yicha ijobiy jarayon bo‘ladi”, — dedi u Gaydar forumida.
Shuningdek, u AQSh bilan munosabatlar qanday rivojlanishini hozircha prognoz qila olmasligini aytdi.
Izoh (0)