Kreml AQSh Davlat kotibligiga nomzod Reks Tillersonning Qrim bo‘yicha nuqtai nazarini ma’lumot uchun qabul qiladi, biroq bunga qo‘shilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Biz bunday qarashlarga qo‘shilmaymiz va o‘z nuqtai nazarimizni dalillar bilan asoslab beramiz. Kreml Tillersonning fikrlarini ma’lumot uchun qabul qiladi va sabr-toqat bilan masalaning mohiyatini tushuntirishda davom etadi.Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat kotibligiga nomzod Reks Tillerson Senat oldidagi chiqishi chog‘ida Rossiyani Ukrainaga bostirib kirish va Qrimni egallab olishda aybladi.Dmitriy Peskov, Rossiya prezidenti matbuot kotibi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)