Buyuk Britaniyada kuchli siklon olib kelgan keskin sovuqlik va qor tufayli mamlakatda maktablar yopilmoqda, aviaaloqa va temir yo‘l aloqasi uzilib qoldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Sharqiy qirg‘oq aholisi suv toshqini tahdididan ogohlantirildi.
Ayrim mintaqalarda erigan qor yo‘llarni muzlatib qo‘ydi, endilikda bu avtomobillar va piyodalar harakatida qiyinchilik tug‘dirmoqda.
15-yanvar kuni havo isishi kutilmoqda, ammo ertasiga mamlakatga sovuq havoning keyingi to‘lqini keladi.
Izoh (0)