Amerikalik genetik, tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel mukofoti laureati Oliver Smitis 91 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Nobel qo‘mitasining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.
Olim 10-yanvar kuni uzoq davom etmagan xastalik tufayli vafot etdi.
Smitis 1925-yili Britaniyaning Galifaks shahrida tug‘ilgan. Oksford universitetini tamomlagan, Shimoliy Karolina universitetida professor sifatida ishlab kelgan.
Nobel mukofotini Smitis 2007-yili ikki hamkasbi Mario Kapekki va ser Martin Evans bilan birgalikda olgan edi.
Izoh (0)