AQSh Senati Barak Obama tashabbuskori bo‘lgan sog‘liqni saqlash islohoti — Obamacare bekor qilinishi jarayonini boshlash uchun ovoz berdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
51 senator jarayon boshlanishini ma’qulladi, 48 nafari esa qarshi chiqdi.
Saylangan prezident Donald Tramp 11-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyingi ilk matbuot anjumanida Obamacare’ni o‘zining “sifatli va arzon” dasturiga almashtirish niyatida ekanligini bildirdi. Biroq mazkur dastur tafsilotlariga to‘xtalmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)