Tel-Aviv harbiy sudi yaralangan falastinlik askarni otib o‘ldirgan isroillik Elor Azariyani qasddan bo‘lmagan qotillikda aybdor deb topdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Haaretz nashrining ma’lum qilishicha, o‘tgan yil martida harbiy shifokor Azariyaga falastinlik askar pichoq bilan tashlanadi. Azariya yaralangan va harakatsiz askarning boshiga o‘q uzganini falastinlik huquq himoyachisi videoga oladi.
Bir necha oy davom etgan hamda mamlakatni harbiyni qoralovchi va yoqlovchilardan iborat ikki qismga ajratgan jarayondan so‘ng sud Azariyani “zaruratsiz o‘q uzish”da aybladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)