Qozog‘iston 3-yanvar, seshanba kuni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi huquqi asosida kengashning 2017-yildagi birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Yig‘ilish davomida Xavfsizlik kengashining yanvar oyi ish dasturi tasdiqlandi. Qozog‘iston delegatsiyasi nomidan yig‘ilishda mamlakatning muvaqqat vakili Barlibay Sodiqov ishtirok etdi.
Shu kunning o‘zida kengashga a’zo barcha davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining an’anaviy uchrashuvi o‘tkazildi.
Qozog‘iston raisligi ostida Xavfsizlik kengashining Somali va Eritreya bo‘yicha, shuningdek, terrorchilik guruhlariga qarshi kurash qo‘mitalarining yig‘ilishlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)