Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyati, Daraismoilxon shahrida yuz bergan portlash oqibatida kamida 17 kishi, jumladan, 5 nafar politsiyachi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
The Express Tribune nashriga ko‘ra, yo‘l chetiga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma mobil politsiya patruli o‘tib ketayotgan chog‘da harakatga keltirilgan. Huquq-tartibot xodimlaridan tashqari yaqin atrofdagi o‘tkinchilar, jumladan, ikki ayol va bir bola ham yaralandi.
Hodisa joyi politsiya tomonidan qurshab olingan, tekshiruv olib borilmoqda. Hozircha hech bir terrorchi guruh portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)