Mosul janubida Iroq harbiy-havo kuchlari jangovar vertolyoti qulashi tufayli uning bortidagi barcha to‘rt nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Iroq harbiy qo‘mondonligiga ko‘ra, vertolyot qulashiga texnik nuqson sabab bo‘ldi. OAVda vertolyot Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-35 ekanligi ta’kidlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)