Xitoyning Tunxua shahar okrugida (Girin provinsiyasi, Xueynan uyezdi) joylashgan xususiy qariyalar uyida yuz bergan yong‘in oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
Alangalanish 4-yanvar, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 04:10 da sodir bo‘ldi. Bu payt bino ichida 39 kishi bo‘lgan. Yong‘in 20 daqiqadan so‘ng o‘chirildi, uning sabablari hozircha ma’lum emas.
Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)