• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APL bo‘tqasi. “Tottenhem” va “Yunayted” Boxing Day chempionlari, Fegulining qizil kartochkasi soxta bo‘lib chiqdi

    4-yanvar kuni tunda Angliya premyer-ligasi klublari Boxing Day’ni eson-omon yakunlab oldi. Shu bilan ular 14-yanvar sanasiga qadar ta’tilga chiqdi.

    Qisqa fursatda o‘tib ketgan tur mutaxassislar tomonidan ko‘p bor tanqid qilindi. Yaqindagina korrupsiya muammolari bilan yurgan Sem Ellardays ham taqvim tuzib chiqqanlarni bir tepib o‘tishni o‘zi uchun lozim topdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yangi yilni futbol bilan qarshi olgan klublardan “Tottenhem” va “Yunayted”ni olqishlash mumkin. Har ikki klub Boxing Day vaqtida 9 ochkodan ishlab oldi. Bunda “shporlar”ning mehnati yanada salmoqli ko‘rinadi. Ular 10 kun ichida 10 ta gol urib, 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Raqiblar orasida 13 uchrashuvdan buyon mag‘lub bo‘lmayotgan “Chelsi”ning ham bor ekani ajoyib manzara.

    Yevropaning eng ajoyib jamoalaridan birini mag‘lub etdik, shu nuqtai nazardan olib qaraganda g‘alaba salmoqlidir.

    Futbolda eng muhimi o‘ziga bo‘lgan ishonch. Biz esa harakter ko‘rsata olganimizdan g‘ururlanamiz. Isbotladikki, chempionlik uchun haqlimiz.

    Maurisio Pochettino, “Tottenhem” klubi bosh murabbiyi

    Foto: APL

    Foto: APL

    “Yunayted” bu oraliqda top klublar bilan to‘qnash kelmadi. Shunday bo‘lsa-da, “Midlsbro”ga qarshi o‘yindagi iroda va “Vest Hem” maydonidan g‘alaba bilan qaytish maqtashga arzirli bo‘ldi.

    Boxing Day vaqtida uch klub 7 tadan ochko ishlab oldi: “Everton”, “Liverpul” va “Arsenal”. To‘plar nisbatidagi yaxshiroq ko‘rsatkichni shu ketma-ketlikda o‘qish o‘rinli.

    Ligada jon saqlab qolish yo‘lida harakat qilayotgan “Xall Siti” va “Sanderlend” jamoalari Liverpul shahri klublarini 2 ochkodan mahrum qila oldi. “Arsenal”ning “Bornmut”ga qarshi o‘yindagi kambekini esa muxlislar uzoq eslab yuradi.

    Foto: APL

    Foto: APL

    “Chelsi” va “Siti” 10 kun ichida 1 martadan mag‘lub bo‘ldi. Har ikki klub ham markaziy o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi. “Siti” “Enfild”da, “Chelsi” esa “Uayt Xart Leyn”da ojiz qoldi. Shunday bo‘lsa-da, ularni maqtash biroz o‘rinsiz. Chunki “Byornli” va “Vest Bromvich” kabi oddiy klublar ham shu 10 kun ichida 6 ochkodan jamg‘ara olgandi.

    Mag‘lubiyatdan hafa bo‘ldik, biroq ketma-ket 13 ta uchrashuvda zafar quchganimizdan shodmiz, APLda bu mushkul ish.

    Raqibimiz kuchli edi. “Tottenhem” o‘tgan mavsum so‘nggi turga qadar oltin medal uchun kurashdi. Pochettino yillar davomida mehnat qildi va APL chempionligi uchun kurasha oladigan ahil kollektivga asos soldi.

    Bu mag‘lubiyat sentabr oyidagilaridan farq qiladi. Chunki o‘shanda biz yaxlit bir jamoa emasdik. Hozir esa bir mushtligimizni hamma biladi va bu bizga juda muhim.

    Antonio Konte, “Chelsi” klubi bosh murabbiyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kutilmagan holat: Boxing Day’da eng rasvo natijani “Sautgempton” futbolchilari qayd etdi va faqatgina ular birorta ham ochko ishlay olmadi.

    Boxing Day’ning turnir jadvaliga ta’siri

    Kuchli olti klubdan “Tottenhem” jiddiy o‘sishga erishdi: 5 dan 3 ga ko‘tarildi. Qolganlar esa o‘z joyida. Biroq bu olti klub bir-biriga ancha yaqinlashib qoldi. Natijada APLdagi raqobat yana-da jiddiylashdi.

    Foto: Livescore.in

    Foto: Livescore.in

    Quyi o‘rinlarda borayotgan jamoalar esa bir qimirlab, yana joyiga qaytib qoldi.

    Aybsiz aybdor

    Sofian Feguli qizil kartochka olmaganida, “Yunayted” “Vest Hem” maydonidan g‘alaba bilan qayta olarmidi? Aytish qiyin, absurd. O‘tgan ish o‘tib bo‘ldi. Futbolda qo‘l bilan gol urib, jahon chempionatiga chiqqan termalar bor, Fegulining qizil kartochkasi nima bo‘libdi?!

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    APL esa vaziyatni qaytadan ko‘rib chiqdi va jaozirlik futbolchini aybsiz deb topdi. Bu har qalay haqiqatning qaror topishi — hechdan ko‘ra kech. “Vest Hem” esa yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini boshqa o‘yinlar orqali to‘ldirib oladi.

    Slaven Bilichga qiyin. Uning alam bilan aytgan fikrlari sizga qiziq bo‘lsa, shu havolaga marhamat qiling!

    Haqiqiy aybdor

    Fernandinyoning olgan qizil kartochkasi “Siti”ning o‘yiniga ta’sir qilmadi va Gvardiola jamoasi g‘olib chiqdi. Xuddi “Vest Hem” kabi “Siti” ham qizil borasida APLga apellyatsiya berdi.

    Foto: APL

    Foto: APL

    Javob xati o‘zini ko‘p kuttirmadi: “Toshingizni tering!” Fernandinyo 4 ta o‘yinlik diskvalifikatsiyani o‘taydi.

    Ispaniya va Germaniyaning eng kuchli klublarida ishlab, o‘zi uchun kerakli natija qila olgan Xosep Gvardiola Angliya o‘rmonlarida tentirab yurgan Robin Gudni yodga solmoqda. Harakat bor, biroq “Siti” usiz ham hozirgi natijasini ko‘rsata olardi, taxminimizcha.

    Bizda “Barselona”, “Bavariya”, “Manchester Yunayted” yoki “Yuventus”nikidek tarix yo‘q. Biz yana o‘n yillar davomida chempionlar ligasida o‘ynashimiz kerak. Bu esa bitta titul yutgandan ko‘ra muhimroq, ishoning.

    Bu klubda ishlayotgan har bir odam ajoyib ekanini tushuntirishimiz lozim. Xuddi muxlislar kabi.

    Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

    Foto: Sport-express.ru

    Foto: Sport-express.ru

    Oson emas bu maydon ichra turmoq, Pep. Tashrifdan maqsad boshqa edi, xulosa esa tashrif maqsadiga mos emas. Gvardiola haqiqiy futbol qanday ekanini Angliyada ko‘rdi. Hayotda hamma narsani pul hal qilavermaydi. Eslang, “Yunayted” ham uni istagandi, uning o‘zi esa pulni istadi. Mana oqibat.

    21-tur

    14-yanvar kuni start oladi bu tur va 15-yanvar kungi markaziy o‘yin bilan yakuniga yetadi.

    14-yanvar, shanba“Tottenhem” — “Vest Bromvich”“Byornli” — “Sautgempton”“Vest Hem” — “Kristal Pelas”“Sanderlend” — “Stok Siti”“Suonsi” — “Arsenal”“Uotford” — “Midlsbro”“Xall Siti” — “Bornmut”“Lester” — “Chelsi”

    15-yanvar, yakshanba“Everton” — “Manchester Siti”“Manchester Yunayted” — “Liverpul”

    “Chayon zarbasi”

    Olivye Jiruning “Kristal Pelas” darvozasiga urgan goli chiroylimi yoki Genrix Mxitaryanning “Sanderlend” postiga yo‘l topishi?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” o‘quvchilarining so‘rovnomada ishtirok etgan 58 foizi fransiyalik futbolchiga ovoz berdi. Armanistonlik yigit 42 foiz ovoz to‘pladi.

    Foto: APL

    Foto: APL

    Ko‘proq ovoz to‘plagan golni yana bir bora tomosha qiling.

    05.01.2017, 10:24   Izoh (0)   11692
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odil Ahmedov bilan 2001-yildan beri bir xilda suratga tushadigan Yoqub Ahmedov ukasiga “qayerda o‘ynasa ham, sog‘-salomat yurishni” tiladi

    02.01.2017, 18:49

    Odil Ahmedovni sotgan klublar hech qachon zarar ko‘rmagan. Futbolchining barcha transferlari — bitta suratda

    30.12.2016, 19:09

    Samvel Babayan O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedovning Xitoy klubiga o‘tganini rad etdi

    29.12.2016, 18:56

    Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi

    28.12.2016, 21:29

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Managuadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kaltaklandi

    25.12.2016, 16:52

    Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi

    23.12.2016, 01:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Malika Diana vafotining 30 yilligiga bag‘ishlab film suratga olinadi

    Layfstayl | 25 avgust, 16:49

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:41

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 305 so‘mgacha tushdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:21

    O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:12

    “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi qanday suratga olingan?

    Kino | 25 avgust, 15:43

    Ukraina ilk bor yangi “Neptun” raketasini namoyish qildi (video)

    Dunyo | 25 avgust, 15:42

    Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan 17 yoshli bolaning jasadi topildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 15:28

    “Eron AQSHga itoat etmaydi” — Oyatulloh Ali Xomanaiy

    Dunyo | 25 avgust, 15:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.