Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 19-turning yana 7 ta o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur tur 30-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Xall Siti” — “Everton” o‘yini bilan start olgandi.
Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” futbolchilari Boxing Day’dagi ikkinchi bellashuvda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. “Midlsbro”ga qarshi bellashuv yakuniga 5 daqiqa vaqt qolganida ham “qizil iblislar” hisobda ortda borayotgandi. Yakunda “Yunayted” o‘z irodasini namoyish eta oldi.
Antonio Konte boshqaruvidagi “Chelsi” ketma-ket 13-g‘alabasini nishonladi. “Chelsi” navbatdagi turni 4-yanvar kuni “Tottenhem”ga qarshi raqib stadionida o‘tkazadi. O‘sha uchrashuvda ham “aristokratlar”ning qo‘li baland kelsa, jamoa “Arsenal”ning ketma-ket 14 ta g‘alaba bilan yakunlangan rekordini yangilaydi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Lester” o‘z maydonida Londonning “Vest Hem”ini qabul qildi va jazoirlik Usman Slimanining yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi.
Turning markaziy o‘yini “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda zafar quchgan mezbonlar “Siti”dan endilikda 4 ochkoga ilgarilab ketdi.
Bu “Liverpul”ning ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi. Yurgen Klopp jamoasi Boxing Day’ning birinchi kunida “Stok Siti” ustidan yirik g‘alabaga erishgandi. “Manchester Siti”ning ochko yo‘qotishi bugun “Arsenal”ga qo‘l kelib, klub turnir jadvalida “shaharliklar”dan ilgarilab ketishi mumkin. O‘z navbatida “Tottenhem”da ham “Siti”ni ortda qoldirish uchun imkoniyat bor.
31-dekabr, shanba
“Manchester Yunayted” — “Midlsbro”
Gollar: Grant Lidbitter, 67 (0:1). Antoni Marcyal, 85 (1:1). Pol Pogba, 86 (2:1).“Sautgempton” — “Vest Bromvich” 1:2
Gollar: Sheyn Long, 41 (1:0). Mett Fillips, 43 (1:1). Xel Robson-Kanu, 50 (1:2).Chetlatish: Virjil Van Dey, 89 (S).“Suonsi” — “Bornmut” 0:3
Gollar: Benik Afobe, 25 (0:1). Rayan Freyzer, 45+1 (0:2). Joshua King, 88 (0:3).“Chelsi” — “Stok Siti” 4:2
Gollar: Geri Kexill, 34 (1:0). Bruno Martins Indi, 46 (1:1). Villian, 57 (2:1). Piter Krauch, 64 (2:2). Villian, 65 (3:2). Diyego Kosta, 85 (4:2).“Byornli” — “Sanderlend” 4:1
Gollar: Andre Grey, 31 (1:0). Andre Grey, 51 (2:0). Andre Grey, 53 (3:0). Eshli Barns, 67-pen (4:0). Jermeyn Defo, 71 (4:1).“Lester” — “Vest Hem” 1:0
Gol: Islam Slimani, 20 (1:0).“Liverpul” — “Manchester Siti” 1:0
Gol: Jorjinyo Veynaldum, 8 (1:0).1-yanvar, yakshanba“Uotford” — “Tottenhem”“Arsenal” — “Kristal Pelas”