Moskva NATOni anaxronizm (o‘z zamonasiga to‘g‘ri kelmaydigan, eskilik, sarqit) deb hisoblamaydi va alyans bilan avvalgi munosabatlarni qayta tiklash kerak, degan fikrda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Qanaqa anaxronizm? Ko‘plab mamlakatlar NATOga a’zolikdan manfaatdor, iqtisodiy va siyosiy jihatdan, chunki mustaqil tashqi siyosatni qurish kerak emas, umumiysiga qo‘shilish kifoya”, — dedi Rossiya tashqi ishlar vazirligi Umumyevropa hamkorligi departamenti direktori Andrey Kelin Moskva NATOni avvalgidek “sovuq” urush relikti (qadimgi davrlar qoldig‘i sifatida saqlanib kelgan narsa) va anaxronizmi deb hisoblashi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javoban.
“NATO bilan normal aloqalarni qurish va avval bo‘lgan narsalarni yana davom ettirish kerak”, — deya ta’kidladi diplomat.
Izoh (0)