Germaniyaning JACDEC aviatsiya xavfsizligi markazi aviakompaniyalar xavfsizligi reytingini e’lon qildi, deb yozadi Bild. Birinchi o‘rinni Gonkongning Cathay Pacific kompaniyasi egalladi, u Oneworld alyansi a’zosidir.
Shuningdek, yetakchilar beshligiga Yangi Zelandiyaning Air New Zealand, Xitoyning Hainan Airlines, Qatarning Qatar Airways va Niderlandiyaning KLM aviakompaniyalari kirdi.
Yuqori o‘nlikka Yaponiyaning Japan Airlines kompaniyasi yakun yasadi.
Ayni paytda ro‘yxatning bir qismigina chop etilgan, to‘liq reyting 18-yanvarda e’lon qilinadi.
Reyting aviatsiya hodisalari (2016-yildagi ma’lumotlar) soniga asoslanadi.
Izoh (0)