Futbol bo‘yicha Ispaniya kubogining 1/8 final bellashuvlariga start berildi va 3-yanvar kuni uning doirasidagi 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
5 kun oldin bosh murabbiy Chezare Prandelli tark etgan “Valensiya” o‘z maydonida “Selta”ni qabul qilib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. La Ligada valensiyaliklar 17-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Vigo klubi 13-o‘rindan joy olgandi.
Chempionatda so‘nggi o‘rinda borayotgan “Osasuna” klubi ham chorak finaldan umidini uzishi mumkin. O‘z maydonida “Eybar”ga yirik hisobda imkoniyatni boy bergan jamoa, javob o‘yinida katta qiyinchilikka duch keladi.
Shuningdek, Madridning “Atletiko” klubiga raqib bo‘lgan “Las-Palmas” ham imkoniyatlarini kamaytirib yubordi. Koke va Antuan Grizmann tomonidan urilgan gollar “Atletiko”ning ¼ final sari qadamini tezlashtirdi.
Ispaniya kubogi g‘olibligi uchun asosiy da’vogar “Real” hamda “Barselona” ketma-ket ikki kun davomida maydonga tushadi. 4-yanvar oqshomida “Real” o‘z uyida “Sevilya”ni qabul qilsa, ertasiga “Barselona” Bilbaoga tashrif buyuradi.
Ispaniya kubogi 1/8 final 3-yanvar, seshanba
“Valensiya” — “Selta” 1:4
Gollar: Yago Aspas, 3-pen (0:1). Teo Bongonda, 14 (0:2). Daniel Vass, 19 (0:3). Daniel Parexo, 58-pen (1:3). Yon Gvidetti, 75 (1:4).“Osasuna” — “Eybar” 0:3
Gollar: Nano, 28 (0:1). Bebe, 75 (0:2). Adrian Gonsales, 90 (0:3).“Las-Palmas” — “Atletiko” 0:2
Gollar: Koke, 23 (0:1). Antuan Grizmann, 51 (0:2).“Deportivo” — “Alaves” 2:2
Gollar: Kristian Santos, 3 (0:1). Edgar Mendes, 45+2-pen (0:2). Bruno Gama, 73 (1:2). Xoselu, 90+3 (2:2).4-yanvar, chorshanba“Alkaron” — “Kordoba”“Real Sosyedad” — “Vilyarreal”“Real Madrid” — “Sevilya”
5-yanvar, payshanba“Atletik” — “Barselona”
Izoh (0)