Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi Taysan shahri vitse-meri Chju Vanli Yangi yil kechasi turar-joy binosining derazasidan qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, Sina yangiliklar portali xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Chju Vanlining jasadi Yangi yil kirganidan keyin ertalab uy yaqinidagi avtomobillar turargohidan politsiyachilar tomonidan aniqlandi.
Erkakning oilasi ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda u o‘zini “yaxshi his qilmagan”. Boshqa tafsilotlar keltirilmayapti. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)