Namanganda “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ‘Nuroniy’ jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni doirasida jamg‘arma viloyat bo‘limi binosini qurishga kirishildi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar bermoqda.
2-yanvar, dushanba kuni Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘iga nuroniylar, jamoatchilik vakillari to‘plandi. Ma’muriy bino qurilishi uchun qoziq qoqildi va qurilish ishlariga fotiha berildi. Bino qisqa muddatda qurib bitkazilishi bildirilmoqda.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov, O‘zbekiston musulmonlar idorasining Namangan viloyatidagi vakili Abdulhay Tursunov so‘zga chiqib, nuroniylarga mamlakat miqyosida e’tibor va izzat-ikrom ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq viloyatning har bir tumanida “Nuroniylar bog‘i” barpo etilishi ma’lum qilingandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)