Termiz shahridagi “Turon” tantanalar saroyida “Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri ma’lum qildi.
Tadbirda Surxondaryo tuman va shaharlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, 12-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Viloyat hokimligi, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, “Kamolot” viloyat Kengashi hamkorligida tayyorlangan bayram dasturida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlarining chiqishi bolajonlarga quvonch ulashdi.
Viloyat hokimi E.Turdimov yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etib, yosh avlodga yaratilayotgan sharoit va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar xaqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)