Komronbek Boqimirzayev Namangan shahridagi “Istiqbol zamon bolalari” xususiy maktabining 3-sinf o‘quvchisi. Endigina 9 yoshga qadam qo‘ygan yigitchaning o‘ziga xos iqtidori xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar bermoqda.
Komronbek matematika fani bo‘yicha xususiy maktab o‘quvchilari o‘rtasida internet orqali Bolgariyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadaning kuzgi bosqichida 1-o‘rinni egallagandi.
Yangi yil bayrami arafasida Matluba Madaminova rahbarlik qilayotgan xususiy maktabda tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Komronbek Boqimirzayev va uning sinf rahbari Marina Krimlyova alohida olqishlandi. Komronbekka xalqaro olimpiada qo‘mitasining oltin medali va sertifikati tantanali topshirildi.
Endigi e’tibor 13-yanvarda Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qishki olimpiadaga qaratilgan. Komronbek rus va ingliz tillarini puxta o‘zlashtirganligi olimpiada sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishida muhim omil bo‘layotgani bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)