Yangi Yil oqshomida Istanbuldagi tungi klubga uyushtirilgan terrorchilik hujumida iordaniyalik milliarder, Mahdi guruhi asoschisi Muhammad al-Sarrof va uning do‘sti — restorator Navras Assaf halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Ular Istanbulga Yangi Yil bayramini o‘tkazish uchun kelib, aynan hujum uyushtirilgan Reina klubiga kirgan edi.
Ularning rafiqalari, shuningdek, iordaniyalik yana bir oilaviy juftlik hujum paytida yaralangan bo‘lib, ayni paytda shifoxonadadir.
Izoh (0)