Moskva metrosining G‘alaba bog‘i bekatida dunyodagi eng chuqur eskalator qurilishi yakunlandi. Bu haqda shahar merining o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Biz dunyoda eng uzun metro eskalatori qurilishini yakunladik va foydalanishga topshirdik. Uning uzunligi 130 metrdan iborat, 68 metr chuqurlikda joylashgan”, — deya ta’kidladi Xusnullin.
Mer o‘rinbosariga ko‘ra, loyihada eskalatordan bekatning ikkinchi g‘arbiy yer osti vestibyuliga chiqish qurilishi ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)