AQShning Anqaradagi elchixonasi Turkiya rasmiylarining Vashington IShIDga ko‘mak ko‘rsatayotgani haqidagi bayonotlari haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“AQSh IShIDni qo‘llab-quvvatlamaydi va ilgari ham bunday qilmagan. AQSh IShIDga ko‘mak ko‘rsatayotgani haqidagi gaplar asosli emas”, — deyiladi AQSh elchixonasining bayonotida.
Bir muddat ilgari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh boshchiligidagi koalitsiyani IShIDni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan edi. U qo‘lida buni isbotlovchi fotosuratlar va videoyozuvlar borligini ma’lum qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)