AQShning saylangan prezidenti Amerika jamiyati kayfiyatini ilg‘ay oldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin an’anaviy katta matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Nazarimda, Ronald Reygan uning partiyasi vakillari har yerda g‘alaba qozonganidan quvongan bo‘lardi. Jamiyat kayfiyatini sezgirlik bilan ilg‘ay olgan saylangan prezident uchun ham mamnun bo‘lardi. U oxirigacha bordi, garchi biz va sizdan boshqa hech kim uning g‘alaba qozonishiga ishonmagan bo‘lsa-da”, — deya ta’kidladi Putin.
Oldinroq AQSh prezidenti Barak Obama agar marhum prezident Ronald Reygan hozirgi respublikachilarning uchdan bir qismi Putinning harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bilganida go‘rida tik turgan bo‘lardi, deb taxmin qilgandi.
Izoh (0)