AQShning Los-Anjeles shahrida asli vengriyalik Gollivud aktrisasi Ja Ja Gabor vafot etdi, deb yozadi Meduza TMZ’ga tayanib. Gabor yurak xuruji tufayli olamdan o‘tgan. U 99 yoshda bo‘lgan.
Ja Ja Gabor 1917-yilda Budapeshtada tug‘ilgan. 1936-yilda Vengriya go‘zali nomini qo‘lga kiritgach, Gollivudga yo‘l oldi, u yerdagi ko‘zga ko‘rinarli ilk roli “Mulen Ruj” (1952)dagi Jeyn Avril bo‘ldi.
Gabor, shuningdek, “Lili” (1953) va “Yovuzlik muhri” (1958) filmlarida suratga tushgan.
Aktrisa to‘qqiz marta turmush qurgan, uning yakka-yu yagona qizi Francheska Xilton 2015-yilda vafot etgan.
Izoh (0)