Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Janubiy Kuril orollarida birgalikda xo‘jalik faoliyatini yuritishni boshlash to‘g‘risidagi bayonot matnini kelishib oldi. Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar beradi ”Interfaks”.
“Ekspertlar bir necha hafta mobaynida matn ustida ishladi, biroq ikki tomonni ham qoniqtirishi mumkin bo‘lgan bir to‘xtamga kelolmadi. Shuning uchun bunga ikki davlat yetakchisi kirishishiga to‘g‘ri keldi. Ular bor-yo‘g‘i 40 daqiqa atrofida vaqt sarflab, 16-dekabr kuni e’lon qilinadigan bayonot matnini kelishib oldi”, — deya ta’kidladi Ushakov.
Hamkorlik qilinadigan sohalar orasida baliqchilik, turizm, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa yo‘nalishlar borligi bildirilmoqda.
Prezident yordamchisiga ko‘ra, gap Kuril orollaridagi barcha to‘rt orol haqida ketmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)