AQSh prezidenti Barak Obama telefon suhbati chog‘ida turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Aleppoda yarashuvga erishishda hamkorlik ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek, Istanbulda yaqinda bo‘lib o‘tgan terakt munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deb yozadi “Interfaks”.
Oq uy saytiga joylangan xabarda aytilishicha, ikkala yetakchi butun Suriya bo‘ylab jangovar harakatlar to‘xtatilishi va nizoning siyosiy yo‘l bilan tartibga solinishiga erishish zarurligi haqida kelishib oldi.
Bundan tashqari, Obama va Erdo‘g‘on Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiya ishini muhokama qildi va mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin koordinatsiyaning ahamiyatini qayd etdi.
Izoh (0)