Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Odam urug‘lantirilishi va embriologiya bo‘yicha milliy xizmat (HFEA) klinikalarga uch ota-ona DNKsidan foydalanib sun’iy urug‘lantirishni o‘tkazish uchun litsenziya so‘rab murojaat qilishga ruxsat berdi, deb yozadi Meduza.
HFEA bayonotida aytilishicha, bunday qaror ushbu jarayonning xavfsizligi yuzasidan olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlardan so‘ng qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya parlamenti homilani uch ota-ona DNKsidan foydalangan holda paydo qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini 2015-yildayoq ma’qullagan edi.
Bunda gap ona avlodidagi hayot uchun xavfli irsiy kasalliklarning berilishi oldini olishga qaratilgan ekstrakorporal urug‘lantirish va gen modifikatsiyasi haqida bormoqda.
“Uch ota-onaning bolasi” deb nom olgan protsedurani Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib qonuniylashtirmoqda.
Izoh (0)