2 million dollar pora bilan qo‘lga olingan Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevga tegishli mol-mulk xatlandi. Bu haqda “Interfaks” agentligi manbasiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
“Sud qaroriga ko‘ra Ulyukayevning mol-mulki xatlov qilingan”, — deya ma’lum qildi agentlik manbasi.
Sobiq vazirning qaysi mol-mulki xatlangani va bu qachon ro‘y bergani haqida xabar berilmadi. Boshqa manbalar hozircha mazkur ma’lumotni tasdiqlamadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)