Och qoringa iste’mol qilib bo‘lmaydigan 5 mahsulot
Olimlar tomonidan ba’zi mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilish organizmda har xil kasalliklar keltirib chiqarishi aniqlandi. Masalan, och qoringa shirinlik yeyish ko‘rish qobiliyatini pasaytirsa, bananlar esa, yurak va tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichki organlaringizni xavf-xatarga qo‘ymaslik uchun, nonushtada iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan zararli mahsulotlar to‘g‘risidagi ushbu maqolani o‘qib chiqing!
Sitrusli mevalar
Bu mevalar och qoringa iste’mol qilinsa, allergiya va gastrit qo‘zg‘atishi mumkin. Shuning uchun, bir piyola apelsin sharbatini ichishdan oldin, suli yormasi bilan nonushta qiling.
Banan
Bananda yurak-tomir tizimini tartibga solib turuvchi magniy moddasi ko‘p bo‘lganligi uchun, uni och qoringa iste’mol qilish organizmdagi kalsiy va magniy balansi buzilishiga olib keladi.
Xom sabzavotlar
Xom sabzavotlar tarkibidagi kislota oshqozon shilliq qavatini shikastlashi oqibatida, gastrit va oshqozon yarasi kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Yogurt
Ertalab organizm bakteriyalarni o‘zi ishlab chiqaradi, shuning uchun, yogurtni nonushtadan 2 soat so‘ng, yoki kechqurun iste’mol qilgan ma’qul.
Sovuq ichimliklar
Sovuq ichimliklar hazm qilish jarayonini kerakli tarzda yurgiza olmaydi, shuning uchun, ularni iliq holda ichish maqsadga muvofiqdir.
Shirinliklar
Och qoringa shirinliklar yeyish oqibatida qon tarkibidagi shakar miqdori oshadi. Oshqozon osti bezi esa, ertalabdan yetarlicha insulin moddasini ishlab chiqara olmaydi.
Qahva
Och qoringa ichilgan qahvaning oshqozonga qo‘zg‘ovchi ta’siri natijasida, gastrit kasalligi kelib chiqadi.
Izoh (0)