Dubay amirligi politsiya xodimasi sayyoh aeroportda unutib qoldirgan hamyondan pul o‘g‘irlagani uchun 3 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Hodisa politsiya xodimasi aeroportni odatiy tarzda ko‘zdan kechirayotganda sodir bo‘ldi. Uning vazifasi yo‘lovchilarni kuzatish va shubhali shaxslar haqida xabar berishdan iborat edi.
Yo‘lovchilardan biri aeroportda hamyonini unutib qoldirdi. Politsiyachi buni payqadi, biroq egasiga qaytarish o‘rniga ichidagi dollarlarni olib, hamyonni yo‘qotilgan buyumlarni saqlash kamerasiga joylashtirdi.
Pullarni u aeroportning o‘zidagi shoxobchada almashtirdi. Biroq barcha harakatlari kuzatuv kamerasiga yozilayotgani va politsiyaning boshqa xodimlari tomonidan tekshirilishini xayoliga ham keltirmagandi.
Politsiya xodimasi hamkasblari oldida o‘g‘rilik qilganini tan oldi, biroq sudda sukut saqlashni afzal ko‘rdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)