Fransiya Suriyaning Aleppo shahridagi vaziyat va uni o‘nglash uchun qabul qilish mumkin bo‘lgan choralarni muhokama etish uchun BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi shoshilinch chaqirilishini talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AFP manbalariga ko‘ra, kun tartibiga tinch aholi vakillari bo‘lgan minglab kishilar evakuatsiyasi va ularga gumanitar yordam ko‘rsatish masalasi qo‘yiladi.
Yig‘ilish yopiq tartibda o‘tishi va uning qarori tavsiya ko‘rinishida bo‘lishi bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)