Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida tom qismi kesib tashlangan “Moskvich” avtomobili surati e’lon qilindi.
“Chiroyli yashashni taqiqlab bo‘lmaydi”, — deb yozgan suratni guruhda e’lon qilgan foydalanuvchi.
Surat ostida fikr bildirganlardan birining yozishicha, bu “kabriolet” — Qashqadaryoning Koson tumanidagi yigitlarning ishi.
Bu o‘zbekistonlik avtohavaskorlar eski avtomobillarni kabrioletga aylantirishi bilan bog‘liq birinchi tashabbusi emas.
Avvalroq toshkentlik avtomobil ustasi o‘z farzandlari uchun “Zaporojets” mashinasidan kabriolet yasab bergan edi.
Shuningdek, Facebook’dagi avtohavaskorlar Andijonda tayyorlangan usti ochiq avtomobilga “Zapriolet” deb nom bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)