Toshkentda 14-dekabr, chorshanba kuni 44-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida alangalanish yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida xabar berilgan.
“Yashnobod tumanida yana 5-avtosaroyning 44-yo‘nalishdagi avtobusi yonib ketdi. Qahramon o‘t o‘chiruvchilarimiz esa tezkorlik bilan yetib kelishdi”, — deb yozadi xabar muallifi.
Hodisa nima sababdan yuz bergani noma’lum. Favqulodda holat oqibatida jabrlangan kishilar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Qayd etish joiz, bu 2016-yil hisobidan Toshkent avtobuslarida yong‘in yuz berishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Xususan, fevral va iyul oylarida ikki martadan, iyun, avgust oylarida ham bir martadan Mercedes-Benz yo‘lovchi avtobuslarida yong‘in qayd etilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)