O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning Pekin klinikikalaridan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgani haqidagi xabar “Sportfakt”ga asoslanib taqdim etilgandi. Futbolchiga yaqin manbalarning qayd etishicha, Ahmedov ayni vaqtda Xitoyda emas, balki o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namanganda bo‘lib turibdi.
Ahmedov 8-dekabr kuni “Krasnodar” safida “Nitssa”ga qarshi o‘yinda ishtirok etgan. Keyinroq esa yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Namanganga tashrif buyurgan.
Avvalroq futbolchiga Xitoyning “Shandong Luneng” klubi qiziqish bildirayotgani aytilgan bo‘lib, “Krasnodar” buning orqasidan 8 million yevro ishlashi mumkinligi xabar qilingandi.Ko‘rinishidan, Xitoy klubining Odil Ahmedovga taklif bilan chiqqani rost. Biroq muzokaralar hali yakuniga yetmagan. U aynan “Shandong Luneng” tarkibiga borib qo‘shiladimi yoki Xitoyning boshqa klubida ko‘rinish beradimi, ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Xitoy Super Ligasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachilari hisoblangan Yegor Krimets va Anzur Ismoilov to‘p tepadi. Igor Sergeyev esa “Beytszing Goan”dagi yarim yillikdan so‘ng ortga qaytgani aytilgan. Ahmedov bu borada ayni vaqtda Xitoyda o‘ynayotgan uchinchi o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)