“Shandong Luneng” bilan shartnoma tuzishi kutilayotgan Odil Ahmedov Pekinda tibbiy ko‘rikdan o‘tishni boshladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Pekin klinikalaridan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda “Championat.asia” sayti “Sportfakt”ga asoslanib xabar berdi.

Foto: “Krasnodar” FK matbuot xizmati

Foto: “Krasnodar” FK matbuot xizmati

Avvalroq Xitoyning “Shandong Luneng” klubi Odil Ahmedovni “Krasnodar”dan 8 million yevro evaziga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing