O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov yaqin kunlar ichida Xitoyning “Shandong Luneng” klubi bilan shartnoma tuzishi mumkinligi xabar qilingandi.
“Championat.asia” nashri mazkur klubda to‘p surayotgan yulduz futbolchilarni sanab o‘tdi. Ular orasida Italiya va Senegal terma jamoalarining yetakchi futbolchilari ham bor.Chapdan o‘ngga: Diyego Tardelli, Jil va Jusiley (hammasi Braziliya)
Valter Montillo (Argentina)
Papiss Sisse (Senegal)
Gratsiano Pelle (Italiya)
Bosh murabbiy: Feliks Magat (Germaniya)
Ma’lumot uchun, “Shandong Luneng” Xitoy Super Ligasining yakuniga yetgan mavsumini 14-o‘rinda tugatib, kuchlilar orasida arang jon saqlab qolgandi.